08 iyu 09:40
Yangiliklar
Dzyudo

Bugun Budapesht “Katta Dubulg'a” turnirida ikki dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Bugun Vengriya poytaxtida dzyudo olamidagi yana bir yirik turnir – Budapesht “Katta Dubulg'a” musobaqasi start oladi.
Dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan kelgan sportchilar qatorida O'zbekiston terma jamoasining 7 nafar a`zosi ham medallar hamda reyting ochkolari uchun bahs olib boradi. Bugungi bellashuvlarda Mirzohid Mahamajonov (-60 kg) va Rahimjon Subxonov (-66 kg) o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazadilar.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
-60 kg: Mirzohid Mahamadjonov – Rovshan Aliev (Ozarbayjon)
-66 kg: Rahimjon Subxonov – Yashar Najafov (Ozarbayjon)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar