17 avg 10:01
Yangiliklar
Bugun eng sovrindor yosh kurashchimiz jahon chempionati medallari uchun gilamga chiqadi
Yigirma bir yoshgacha bo'lgan kurashchilar o'rtasida tashkil etilayotgan dunyo birinchiligida sayyoramizning 53 davlatidan 500 nafardan ziyod kurashchilari qatorida O'zbekiston erkin va yunon-rum kurashlari terma jamoasi azolari ham gilamga chiqadi.
Bugun o'smirlar va yoshlar o'rtasida jahon chempioni, 2018 yil Argentinada o'tgan uchinchi o'smirlar Olimpiadasi g'olibi, "Sport Oskari" mukofoti sohibi Umidjon Jalolov (61 kg) hamda o'smirlar Olimpiadasining bronza medali sohibi Muhammadrasul Rahimov (92 kg) jahon chemionatidagi ishtirokini boshlaydi.
Qura natijasiga ko'ra 19 yoshli Umidjon Jalolov o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finaldan boshlaydi. Uning raqibi qozog'istonlik Salamat Malikov hamda ozarbayjonlik Abdulfaz Nasirov o'rtasidagi bellashuvdan so'ng malum bo'ladi. 20 yoshli Muhammadrasul Rahimov esa 1/8 finalda AQSH kurashchisi, 19 yoshli Rokki Jozef Elamga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar