03 sen 11:35
Yangiliklar
Bugun erkin kurashchilarimiz JCH medallari uchun bahslarga kirishishadi
Yilning ushbu nufuzli musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkibda ishtirok etyapti. Bugun jahon chempionatining beshinchi kunida erkin kurash bo'yicha bahslar boshlanadi. Aniqrog'i, 50, 60, 74 hamda 96 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi.
60 kg vaznda Temur Usmonoxunov, 74 kgda Soib Zuhriddinov hamda 96 kg vazn toifasida Xusan Rahimovlar gilamga chiqishadi. Terma jamoa katta murabbiy Olim Hikmatov.
Eslatib o'tamiz, bizga ushbu jahon chempionatidagi ilk va hozircha yagona bo'lib turgan medalni istedodli sportchimiz o'smirlar o'rtasidagi Nankin Olimpiadasi g'olibi, Osiyo chempioni Ilhom Bahromov keltirgandi. U finalda rossiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib, jahon vice-chempioniga aylangandi.
Fikrlar