29 mar 12:18
Yangiliklar

Bugun erkin kurashchilarimiz Osiyo chempionati medallari uchun bahslarga kirishishdi
Bugungi dastur doirasida 5 nafar erkin kurashchimiz medallar uchun gilamga chiqadi. Ular orasida Parij-2024 Olimpiadasi bronza medali sovrindori G'ulomjon Abdullaev ham bor. -57 kg vazndagi kurashchimiz ikkinchi davradan bahslarga qo'shiladi. U Koreya Respublikasi yoki qozog'istonlik kurashchiga qarshi gilamga chiqadi.
SHuningdek, yoshlar o'rtasida Olimpiada va jahon chempioni Umidjon Jalolov ham bugun o'z imkoniyatini sinab ko'radi. Jalolov ilk bosqichdayoq yaponiyalik kuchli raqib Kaisie Tanabe bilan to'qnash keladi.
Kurashchilarimizning ilk davradagi uchrashuvlari
-57 kg: G'ulomjon Abdullaev - An Jayong (Koreya Respublikasi) / Rahat Kaljan (Qozog'iston)
-65 kg: Umidjon Jalolov - Kaisie Tanabe (Yaponiya)
-70 kg: Begijon Qo'ldoshev - SHirmuhammet Bekiev (Turkmaniston)
-79 kg: Asadbek Karimov - CHandermohan (Hindiston)
-97 kg: Maxsut Veysalov - Ganxuyag Ganbatar (Mo'g'uliston)
Fikrlar