21 dek 09:29
Yangiliklar
Bugun erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlanadi
Yilning so'nggi musobaqasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 400 nafarga yaqin kurashchilar to'rt kun davomida medallar uchun kurash olib boradilar.
CHempionatning dastlabki ikki kuni yunon-rum kurashi, so'nggi ikki kunida esa erkin kurash bo'yicha g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Mamlakat chempionatida Tokio Olimpiadasi ishtirokchilarining ham qatnashishi bellashuvlarning murosasiz kechishini taminlaydi.
O'zbekiston chempionati g'oliblari terma jamoa tarkibiga kiritiladi va ular 2022 yil hisobidan o'tkaziladigan xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Bugun yunon-rum kurashida 55, 63, 77, 87 va 130 kg vazn toifalarida O'zbekiston chempionlari aniqlanadi.
Fikrlar