10 jan 10:52
Yangiliklar
Bugun "Ferrari" o'zining WEC giperkarlaridagi pilotlarini elon qiladi
Bu haqda jamoa o'z ijtimoiy tarmoqlarida xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, bunda ushbu mavsum chempionatda ishtirok etadigan Italiya klubining ikki mashinasini haydaydigan pilotlar nomi malum qilinadi.
Bo'lajak mavsumda "Ferrari" sharafini ikki ekipaj himoya qiladi.
"Ferrari" so'nggi bora zavod jamoasi sifatida 1973 yilgi poygalarda ishtirok etgandi. O'z tarixi mobaynida "Ferrari" afsonaviy "Le-Mandagi 24 soat" marafonida 36 marta g'alabaga erishgan.
Eslatib o'tamiz, "Ferrari" WEC tizimiga qaytishini 2021 yili elon qilgandi.
Ushbu mavsumda giperkarlar klassida faqatgina to'rt ekipaj ishtirok etdi. "Moncadagi 6 soat"dan boshlab chempionatda "Pejo" jamoasi ham paydo bo'ldi. Navbatdagi mavsumda giperkarlar turkumida 10 ekipaj bo'lishi kutilmoqda.
Fikrlar