15 noy 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun g'alaba qozongan Anos Konor Makgregorga "vyzov" tashladi
Braziliyalik tajribali UFC jangchisi Rafael dos Anos bugun o'tkazilgan UFC Vegas 14 turnirining markaziy jangida amerikalik Pol Felderni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Jang yakunlanishi bilan braziliyalik 36 yoshli dos Anos ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregorni oktagonga chorladi.
"Men istalgan jangchi bilan oktagonda to'qnash kelishga tayyorman. Asosiy maqsadim - chempionlik jangi. Rostan ham Xabib faoliyatini yakunlagan bo'lsa, unda chempionlik kamari vakant qolgan. Hozir davogarlar ko'p. Lekin vaziyatga real ko'z bilan qaraydigan bo'lsak, chempion bo'lishga men va Konor haqliroqmiz. Bizning imkoniyat qolganlarnikidan ko'proq. Qolganlar vaqtinchalik chempion bo'lishgan. Konor aynan menga kerak bo'lgan jangchi", — dedi Anos.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar