17 apr 18:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun g'alaba qozongan Vadim Nemkov Bellator'dagi keyingi jangi haqida gapirdi
28 yoshli rossiyalik Bellator jangchisi Vadim Nemkov o'zining Fil Devisga qarshi jangidan keyin o'z fikrlarini bildirdi va keyingi jangiga qanday tayyorgarlik ko'rishi haqida gapirdi.
"Jons va Romero jangi qanday tugaydi? Buni aytish qiyin. Mening asosiy maqsadim Gran-prini qo'lga kiritish. Vaqt keyingi maqsadlarni ko'rsataveradi. Hozircha Gran-pri.
Men iyul-avgust oylariga tayyor bo'laman. Romeromi yoki Jonsmi menga farqi yo'q. Ikkala jangchi ham ajoyib zarba va kuchli kurash qobiliyatlariga ega. Ularga qarshi qiyin bo'ladi", -dedi Vadim Nemkov Bellator 257 turniridan so'ng bergan intervyusida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar