So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

12 may 13:14
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bugun Hasanboy Rahimov va Magomed Ibragimov Olimpiada licenziyasi uchun so'nggi urinishni amalga oshirishadi

Turkiyaning Istanbul shahrida sport kurashlari bo'yicha Parij-2024 Olimpiadasi uchun so'nggi licenzion turnir bo'lib o'tmoqda.

Bugun musobaqaning oxirgi kuni Parij-2024 Olimpiadasining uchun so'nggi licenziyalar o'ynaladi. Kechagi bahslarda 1/4 finalda raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'ygan Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Magomed Ibragimov (-97 kg) hamda 125 kg vazndagi kurashchimiz Hasanboy Rahimov bugun so'nggi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko'rishadi.  

Kurashchilarimizning baxtiga ularni mag'lub etgan polvonlar finalga chiqish barobarida Olimpiada licenziyasini ham qo'lga kiritishdi va kamiga hamyurtlarimizga ham imkoniyat taqdim etishdi. Faqat bundan foydalanish qoldi, xolos.

39 yoshli Magomed Ibragimov pley-offning ilk uchrashuvida makedoniyalik Magomedgadji Nurovga qarshi gilamga chiqadi. Bu juftlik g'olibini moldovalik Radu Leffer kutib turibdi. Leffer bilan bellashuv g'olibi esa so'nggi, Parij-2024 Olimpiadasiga licenziya taqdim etadigan final uchrashuviga yo'l oladi.  

-125 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Hasanboy Rahimov pley-offning ilk bosqichida yamaykalik Aaron Jonson bilan to'qnash keladi. G'olib chiqsa, uni Olimpiada yo'llanmasi uchun kechadigan yana ikkita bahs kutadi. Avvaliga vengriyalik Daniel Ligeti bilan to'qnash keladi. Yutsa, keyin final! Xullasi uchta g'alaba kerak!    

Demak, ikkita uchrashuvdagi g'alaba Ibragimovga ham, Rahimovga Parij eshiklarini ochadi. Umidjon Jalolovda esa umuman imkoniyat qolmadi. Hamyurtimizni mag'lub etgan hindistonlik Sujit finalga chiqa olmadi. Natijada bu vaznda Olimpiadada bizdan hech kim bo'lmaydi. 

Afsuski, Layloxon Sobirova va SHohida Ahmedova kecha o'tkazilgan pley-off bosqich uchrashuvlarida raqibalariga imkoniyatni boy berishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing