15 mar 08:25
Yangiliklar

Bugun ikki taekvondochimiz Olimpiada licenziyasi uchun dayanga chiqadi
Bugun Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo WT bo'yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari uchun Osiyo licenzion turniri start oladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqada O'zbekiston terma jamoasining ikki vakili ham birinchi kun doirasida dayanga chiqadi. Hamyurtlarimiz Jasur Jaysunov va Ozoda Sobirjonovaga bugungi masuliyatli bellashuvlarda g'alaba yor bo'lishini tilaymiz.
Taekvondochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
-80 kg: Jasur Jaysunov – Va Mitxona (Kambodja) / Vael Al Farraj (Qochoq sportchilar jamoasi)
-67 kg: Ozoda Sobirjonova – Txi Bach (Vetnam) / Mohru Halimova (Tojikiston)
Malumot uchun, terma jamoamiz azolari Ulug'bek Rashitov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+67 kg) muddatidan oldin reyting ochkolari orqali Parij-2024 Olimpiya o'yinlari uchun yo'llanmani qo'lga kiritib ulgurishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar