10 may 11:07
Yangiliklar
Bugun Ilhom Nazimov RIZIN chempionlik kamarini ilk bor himoya qiladi. Raqib "Killer"!
Biz uchun ahamiyatlisi, oqshomning markaziy jangi engil vazn toifasida RIZIN Ligasining amaldagi chempioni, o'zbekistonlik Ilhom Nazimov ishtirokida o'tadi. Hamyurtimizga ilk kamar himoya jangida braziliyalik Luis Gustavo raqiblik qiladi.
31 yoshli Nazimov faoliyati davomida hozirgacha 16 ta jang o'tkazib, 13 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. U o'tgan yilning dekabr oyida o'tkazgan so'nggi jangida braziliyalik Roberto de Souzani nokautga uchratib, RIZIN chempioniga aylangandi.
"Killer" laqabli 29 yashar Luis Gustavo hisobida esa 15 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor. Ayni damda turnir start olgan bo'lib, janglar davom etmoqda. Nazimovning chiqishi Toshkent vaqti bilan soat 12:30 dan so'ng boshlanishi kutilmoqda.

Fikrlar