13 iyu 11:06
Yangiliklar

Bugun Jahon chempionatining birinchi kuni 3 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Budapesht shahri mezbonlik qiladigan yilning eng nufuzli musobaqasining birinchi kuni ayollar -48, erkaklar esa -60 kg vazn toifasida medallar hamda muhim reyting ochkolari uchun bahslarga kirishadi.
Reglamentga ko'ra, har kuni ayollar hamda erkaklar o'rtasida bittadan vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Bugungi ilk kungi bellashuvlarda Bahrom Boturov, Halimajon Qurbonova va Laziza Haydarovaga muxlislik qilamiz.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
-48 kg: Halimajon Qurbonova – Vong Ka Li (Gonkong) / Lois Petit (Belgiya)
-48 kg: Laziza Haydarova – SHirin Bukli (Franciya)
-60 kg: Bahrom Boturov – Ariunbold Enhtayvan (Mo'g'uliston) / Maksimilyan Heyder (Germaniya)
Saralash dasturi bizning vaqt bilan soat 14:30da boshlanadi. Medallar uchun kechadigan final bloki esa soat 21:00ga belgilangan. Dzyudochilarimizga g'alaba va omad yor bo'lsin.
Fikrlar