19 may 07:24
Yangiliklar
Bugun Jahon chempionatining ilk kuni 5 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Parij-2024 Olimpiadasi oldidan o'tkazilayotgan so'nggi IJF musobaqasida dunyoning 107 davlatidan jami 658 nafar (349 erkak, 309 ayol) dzyudochi ishtirok etadi. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasining 17 nafar vakili ham bor.
"Mubadala Arena" mezbonlik qiladigan dunyo birinchiligining birinchi kuni 5 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz. Ular orasida jahon chempionatining kumush medali sovrindori Diyora Keldiyorova ham bor.
Dzyudochilarimizning ilk raqiblari:
-48 kg: Halimajon Qurbonova - SHira Rishoni (Isroil)
-52 kg: Diyora Keldiyorova - Ana Viktoriya Puliz (Xorvatiya)
-52 kg: Sita Kadambaeva - Kisumi Omori (Yaponiya)/Lilian Kordonez (Panama)
-60 kg: Dilshodbek Baratov - Taiki Nakamura (Yaponiya)
-60 kg: Doston Ro'ziev - Eshli Makkenzi (Yamayka)/Artyom Lesyuk (Ukraina)
Fikrlar