04 dek 09:03
Yangiliklar
Bugun kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlanadi
Mamlakat chempionatida 500 nafarga yaqin dzyudochi jami 14 ta vazn toifasida tatamiga chiqadi. Bugun engil vazn toifasidagi bellashuvlar o'tkaziladi va kunning ikkinchi yarmida erkaklarda -60, -66 kg, ayollarda -48, -52 va -57 kg vaznlarda O'zbekiston chempionatining g'olib hamda sovrindorlari malum bo'ladi.
Musobaqa kunlari paradzyudo bo'yicha ham O'zbekiston chempionati o'tkaziladi. Bugun para-dzyudo bahslarida erkaklar -60 va -66 kg, ayollar esa -48 va -52 kg vaznlarda chempion va sovrindorlarni aniqlashadi. Saralash bahslari har kuni soat 10:00da start oladi. Soat 17:00dan esa medallar uchun final bellashuvlari boshlanadi.
Bugungi dastur:
4 dekabr ("Universal" sport saroyi)
Erkaklar (dzyudo): -60, -66 kg. Ayollar: -48, -52, -57 kg
Erkaklar (para-dzyudo): -60, -66 kg. Ayollar (para-dzyudo): -48, -52 kg
Fikrlar