25 fev 08:45
Yangiliklar

Bugun kichik jahon chempionatida 8 nafar bokschimizga muxlislik qilamiz
“Strandja” musobaqasining ikkinchi kunidan 8 nafar bokschimizning chiqishi o'rin olgan. Janglar ikki dasturda bo'lib o'tadi. Bokschilarimizning bugungi ishtirokini Javohir Ummataliev boshlab beradi. -75 kg vaznda jang qiluvchi hamyurtimiz irlandiyalik Joshua Olaniyanga qarshi ringga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, kecha musobaqaning birinchi kuni -60 kg vaznda ringga chiqqan Samandar Olimov irlandiyalik Adam Hessionga hakamlarning qaroriga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Ringga ko'tariladigan vakillarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-75 kg: Javohir Ummataliev - Joshua Olaniyan (Irlandiya) A ring. 18:30.
-86 kg: Akmaljon Isroilov - Bekzad Nurdauletov (Qozog'iston) A ring. 19:15
+92 kg: Jahongir Zokirov - Mahammad Abdullaev (Ozarbayjon) A ring. 19:30
+92 kg: Arman Maxanov - Godstime Idemudia (Irlandiya) B ring. 19:30
+92 kg: Abdurahmon Rustamov - Damar Tomas (Angliya) A ring. 19:45.
-63,5 kg: Sayat Ilyasov - Klensi Dean (Irlandiya) B ring. 20:30.
-80 kg: Nurislom Ismoilov - Alfred Kromvell (Italiya) A ring. 21:00.
-92 kg: To'rabek Xabibullaev - Isaak Okox (Angliya) B ring. 21:00.
Janglar Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da start oladi.
Fikrlar