So’nggi yangiliklar

07:06Чимаев Царукян билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0

07 may 12:24
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bugun kurashchi-qizlarimiz Olimpiada licenziyasi uchun gilamga chiqadi (Juftliklar)

Teglar :  Ayollar kurashi
Bugun Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida sport kurashlari bo'yicha Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi eng oxirgi - jahon licenzion turnirining ikkinchi kungi bellashuvlari o'tkaziladi

Bugungi dasturdan erkin kurash bo'yicha medallar uchun bellashuvlar, ayollar kurashida esa saralash baxslari o'rin olgan. Bugun ayollar kurashi terma jamoamizning olti nafar vakilasi licenziyalar uchun kurashga kirishadi. O'zbekiston ayollar kurashi tarixida hali hech bir sportchimizga Olimpiadaga borish nasib etmagan. 

Afsuski, kecha erkin kurashchimiz Ilyas Bekbulatov kerakli vaznni qila olmagani sababli musobaqadan chetlatildi va endi -65 kg vaznda o'zbekistonlik kurashchilardan hech kim Tokioga bormaydi. Juda alamli holat. Bu kurashchimizdan Olimpiadada medal kutayotgan edik. Eng og'ir vaznli kurashchimiz Dilmuhammad Nurmuhammedov esa kvalifikaciya bahsida avstraliyalik Param Pal Singhadan 10-0 hisobida ustun keldi, lekin chorak finalda vengriyalik raqibiga yutqazib qo'ydi. 

Ayollar kurashi

1/8 final. 50 kg: Dauletbike Yaxshimuratova - Talia Malkui Peche (Peru)

Kvalifikaciya. 53 kg: SHohida Ahmedova - Annika Vendle (Germaniya)  

Kvalifikaciya. 57 kg: Sevara Eshmuratova - Francheska Indelikato (Italiya)  

1/8 final. 62 kg: Nabira Esenbaeva - Veranika Ivanova (Belarus)

1/8 final. 68 kg: Svetlana Oknazarova - Luz Klara Vaskez (Argentina)

Kvalifikaciya. 76 kg: SHahribonu Ellieva - Jorjina Neltorpe (Buyuk Britaniya) 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing