10 apr 10:17
Yangiliklar
Sport kurashlari
Bugun kurashchi qizlarimiz Tokio Olimpiadasi licenziyasi uchun bahs olib boradilar
Qozog'istonning Olma-ota shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo mintaqasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi musobaqa davom etadi.
Bugun ayollar kurashi bo'yicha licenziyalar o'ynaladi.
Takidlash joiz, shu paytgacha ayollar kurashida hech bir sportchimiz Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmagan. Bugun qizlarimiz ana shunday qora ananaga chek qo'yish va O'zbekiston uchun yangi yutuqlar taqdim qilish maqsadida gilamga chiqishadi. Bugun bahs olib boradigan hamyurtlarimizni eslatib o'tamiz:
Ayollar kurashi:
-50 kg: Daulatbike Yaxshimuratova
-53 kg: Aktenge Keunimjaeva
-57 kg: SHohida Ahmedova
-62 kg: Nabira Esenbaeva
-68 kg: Svetlana Oqnazarova
-76 kg: SHahribonu Ellieva
Malumot uchun, kecha yunon-rum kurashida Mo'minjon Abdullaev (-130 kg) faoliyatida uchinchi bor Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar