So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

10 may 07:37
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bugun Layloxon, SHohida va Nabira Olimpiada licenziyasi uchun so'nggi urinishni amalga oshiradi

Turkiyaning Istanbul shahrida sport kurashlari bo'yicha Parij-2024 Olimpiadasi uchun jahon licenzion turniri bo'lib o'tmoqda.

Ushbu musobaqada erkin, yunon-rum va ayollar kurashi vakillari Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun so'nggi imkoniyatdan foydalanishyapti. Kecha licenzion turnirning ilk kuni yunon-rum kurashi bo'yicha bellashuvlari boshlangandi. 

Afsuski, terma jamoamizning har ikki vakili Mahmud Baxshilloev va Jalgasbay Berdimuratov saralash bosqichidayoq mag'lubiyatga uchrab, Parij-2024 Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kirita olishmagan edi. 

SHu tariqa, Parij-2024 Olimpiadasida yunon-rum kurashi bahslarida uch nafar vakilimiz - Islomjon Bahromov (-60 kg), Aram Vardanyan (-77 kg) va Rustam Assakalov (-97 kg) ishtirok etadigan bo'ldi. Bu ijobiy natija emas!

Bugun Istanbuldagi so'nggi licenzion turnirda 3 nafar kurashchi qizimiz Olimpiya o'yinlariga beriladigan so'nggi yo'llanmalar uchun bahslarga kirishadi. SHohida Ahmedova (-53 kg), Layloxon Sobirova (-57 kg) va Nabira Esenbaeva (-68 kg) Istanbul gilamlarida licenziyalar uchun bahslarga kirishadi.  


Kurashchi qizlarimiz uchun qura natijasi:

53 kg: Kvalifikaciya raundi. SHohida Ahmedova - Yusneyri Agrazal Vest (Panama)

57 kg: 1/8 final. Layloxon Sobirova - Ramona Galambos (Vengriya)/Alyona Kolesnik (Ozarbayjon)

68 kg: 1/8 final. Nabira Esenbaeva - Danute Domikaytite (Litva)/Linda Morais (Kanada)  


Eslatib o'tamiz, Abdurauf Bozorboev murabbiyligidagi ayollar kurashi terma jamoamiz Bishkekdagi Osiyo licenzion turnirida Olimpiadaga 1 ta yo'llanmani qo'lga kiritib, bu borada yangi tarix sahifasini ochgan edi. Aktenge Keunimjaeva (-50 kg) o'z yo'llanmasi bilan Olimpiadada qatnashadigan birinchi o'zbek kurashchi qizi sifatida tarixga kiradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing