19 sen 07:44
Yangiliklar
Bugun Layloxon Sobirova va yana ikki kurashchi-qizimiz jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi
Bugun ayollar kurashi bahslarida O'zbekiston terma jamoasining uch nafar vakilasi jahon chempionati medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi licenziyalari uchun kurashga kirishadi. Bugungi bellashuvlarda Jasmina Immaeva, Layloxon Sobirova va Svetlana Oknazarovaga muxlislik qilamiz.
Kurashchi-qizlarimizning ilk raqibalari:
50 kg. Kvalifikacion raund: Jasmina Immaeva - Polina Lukina (Rossiya)
57 kg. 1/16 final: Layloxon Sobirova - Aynur Ashimova (Qozog'iston)
76 kg. Kvalifikacion raund: Svetlana Oknazarova - Anastasiya Alpeeva (Ukraina)
SHuningdek, bugun Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori, 38 yoshli erkin kurashchimiz Magomed Ibragimov bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida ham o'z imkoniyatini sinab ko'radi. Bu yo'lda u dastlab Kosta-Rika kurashchisi Maksvell Lemarni mag'lub etishi kerak bo'ladi.
Fikrlar