02 noy 10:22
Yangiliklar
Bugun Madiyar Saidrahimov Jahon terma jamoasi tarkibida ringga chiqadi
"VTB Arena" mezbonlik qiladigan boks kechasida "Dinamo" hamda Jahon boks terma jamoalari o'zaro ringda to'qnash keladi. Turnir 7 ta olimpiya vazn toifasida o'tkaziladi. Janglar 3 daqiqadan 3 raund etib belgilangan. Bokschilar bugungi jang oldidan tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, jahon boksi yulduzlari terma jamoasi tarkibida hamyurtimiz Madiyar Saidrahimov ham jang o'tkazadi. -92 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz mezbon bokschi Ramazan Dadaevga qarshi ringga ko'tariladi. Madiyar jahon va Osiyo chempionati sovrindori hisoblanadi.
"Dinamo" va jahon terma jamoalari o'rtasidagi jang juftliklari:
-51 kg: Edmond Xudoyan – Xunior Alkantara (Dominikan Respublikasi, Parij-2024 Olimpiadasi bronza medali sovrindori);
-57 kg: Eduard Savvin – Iskander Xarsan (Qozog'iston, prof rekordi — 9-2-1, KO 6);
-63,5 kg: Ilya Popov – Aleksandr Parashiv (Moldova, Evropa chempionati kumush va bronza medallari sovrindori);
-71 kg: Igor Sviridchenkov – Stiv Kulenguluka (Kongo, amaldagi Afrika chempioni. Prof rekordi – 5-0, KO 4);
-80 kg: Egor SHapochanskiy – Kittipong Czyan Xao Xo (Singapur, Osiyo chempioni, prof rekordi – 8-1-1, KO 7);
-92 kg: Ramazan Dadaev – Madiyar Saidrahimov (O'zbekiston, jahon va Osiyo chempionati sovrindori);
+92 kg: Yaroslav Doronichev – Mvogo Amugu (Kamerun, amaldagi Afrika chempioni).
Fikrlar