20 jan 09:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Mavlud Tifiev ONE FC'dagi debyut jangini o'tkazadi
Mavlud Tifiev bugun muay-tay bo'yicha navbatdagi jangini o'tkazadi.
O'zbekistonlik taniqli muay-tay ustasi Mavlud Tifiev bugun muay-tay bo'yicha Bangkok shahrida (Tailand) tashkil etilayotgan ONE Lumpinee 1 musobaqasi prelim kardi doirasida jang qiladi.
Avval xabar berganimizdek, Tifievga bugun mezbon yurt vakili, tajribali Muangtay PK Saenchay raqiblik qiladi. Mazkur jangga aynan Tailandda tayyorgarlik olib borgan hamyurtimiz ishtirokidagi musobaqa Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi. Musobaqaning markaziy jangida tailandlik Nong O Gayanghadao rossiyalik Alaverdi Ramazanovga qarshi yarimengil vaznda chempionlik kamari uchun kurashadi.
Sportchilar kecha face-to-face marosimida ishtirok etishdi:
Musobaqaning to'liq kardi:

Havola :
Manba : instagram.com/tifiev
Fikrlar