19 okt 10:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Mujibillo Tursunov WBC Gran-prisi final chiptasi uchun ringga chiqadi
Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha WBC Gran-prisining 1/2 final janglari o'tkaziladi.
Ushbu turnirda hamyurtimiz Mujibillo Tursunov ham ishtirokini davom ettirmoqda. Tursunov bugun final yo'llanmasi uchun ukrainalik Danilo Lozanga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang Toshkent vaqti bilan 20:00dan so'ng boshlanradi.
Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan vazn o'lchash marosimida Lozan - 64,3 kg, Tursunov esa roppa-rosa 64 kg vazn ko'rsatgandi.
Malumot o'rnida, charm qo'lqop ustamiz prof faoliyati davomida hozirga qadar 8 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Lozan hisobida esa 15 ta g'alaba bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar