20 okt 20:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugun ONE FC'da jang qilgan ikkala hamyurtimiz ham o'z jangini g'alaba bilan yakunladi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida joylashgan "Lumpinee Boxing Stadium"' One Friday Fights 37 musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Ahamiyatlisi, musobaqa doirasida o'zbekistonlik muay-tay ustasi Aslamjon Ortiqov (2-0-0) ligadagi ikkinchi jangini ham muvaffaqiyatli o'tkazdi. Unga tailandlik Petuaxin (1-1-0) raqiblik qildi. 3 raundga mo'ljallangan muay-tay jangi so'nggi raundda to'xtatildi va unda Aslamjon Ortiqov muddatidan avval g'alaba qozondi.
SHuningdek, yana bir hamyurtimiz Komronbek Ortiqov MMA qoidalari asosida o'tkazilgan 3 raundlik jangda avstraliyalik Persival Mvambini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar