12 apr 07:34
Yangiliklar
Bugun Osiyo chempionatida 5 nafar erkin kurashchimizga muxlislik qilamiz
Musobaqaning birinchi kuni erkin kurash bo'yicha 5 ta vazn toifasida bellashuvlar tashkil etildi. Yakunda 5 nafar kurashchimizdan birgina Asomiddin Hasanov bronza medalini qo'lga kiritdi. -79 kg vazndagi vakilimiz bronza medali uchun kechgan bahsda qozog'istonlik Azamat Omurjonovdan ustun keldi.
-65 kg vazndagi Rio-2016 Olimpiadasi ishtirokchisi Abbos Rahmonov bronza uchun bellashuvda qirg'izistonlik Ulukbek Joldoshbekovga, -70 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Begijon Qo'ldoshev esa hindistonlik Abhimanyuga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bugun gilamga chiqadigan erkin kurashchilarimiz:
-61 kg: 1/8 final. Sardor Ro'zimov - Akash Dahiya (Hindiston)
-74 kg: 1/8 final. Zafarbek Otaxonov - Husseyn Abouzaripashakolayi (Eron)
-86 kg: 1/4 final. SHavrail SHapiev - Sandip Singh (Hindiston)/Tatsuya SHirai (Yaponiya)
-92 kg: 1/4 final. SHerzod Poyonov - Batzul Damjin (Mo'g'uliston)/Orazmuhammet Hojaliev (Turkmaniston)
125 kg: 1/4 final. Sardorbek Xolmatov - Odgerel Batxishig (Mo'g'uliston)/Omar Sarem (Suriya)
Fikrlar