02 mar 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Otabek Xolmatov Zuffa Boxing Ligasidagi debyut jangini qachon o'tkazadi?
Avvalroq, o'zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov faoliyatini yangi tashkil etilgan Zuffa Boxing Ligasida davom ettirishi haqida xabar bergan edik.
Malum bo'lishicha, yarim engil vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq davogar Otabek Xolmatov Dana Uayt boshchiligidagi Zuffa Boxing Ligasida aprel oyida debyut qiladi.
Hozircha unga ilk jangida kim raqiblik qilishi va bellashuv sanasi haqida xabar berilmagan.
Eslatib o'tamiz, 27 yashar Otabek Xolmatov prof boksda hozirgacha 14 ta jang o'tkazib, 13 g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. U yagona mag'lubiyatini chempionlik jangida amerikalik Raymond Forddan qabul qilib olgandi.
Havola :
Manba : oktogonuz
Fikrlar