14 apr 07:20
Yangiliklar
Bugun Osiyo chempionatida 5 nafar kurashchi qizimizga muxlislik qilamiz
Bugun qita chempionatining to'rtinchi kuni ayollar kurashi bo'yicha bellashuvlar davom ettiriladi. Kecha 5 nafar kurashchimiz musobaqani medalsiz yakunlagandi. Terma jamoamiz sharafini himoya qilgan Dilfuza Aymbetova bronza medaliga yaqin kelgandi. Ammo -59 kg vazndagi kurashchimiz bronza uchun bahsda yaponiyalik Risako Kinjoga yutqazib qo'ydi.
Bugun yana 5 nafar kurashchimiz Osiyo chempionatidagi yurishini boshlaydi. Dilshoda Matnazarova (-53 kg), Ulmeken Esenbaeva (-57 kg), Muyassar Kushmuratova (-62 kg), Dinora Rustamova (-65 kg) va Ozoda Zaripboeva (72 kg)ga bo'lajak bahslarda g'alaba yor bo'lsin.
Kurashchi qizlarimiz uchun qura natijasi:
-53 kg: 1/4 final. Dilshoda Matnazarova – Otgontuya CHinbold (Mo'g'uliston)/Ji Xyang Kim (KXDR)
-57 kg: Kvalifikaciya raundi. Ulmeken Esenbaeva – Sezim Jumanazarova (Qirg'iz Respublikasi)
-62 kg: Kvalifikaciya raundi. Muyassar Kushmuratova – Arian Geralin Karpio (Filippin)
-65 kg: 1/4 final. Dinora Rustamova – Irina Kazyulina (Qozog'iston)
-72 kg: 1/4 final. Ozoda Zaripboeva – Harshita (Hindiston)
Fikrlar