23 may 15:13
Yangiliklar
Taekvondo
Ozoda Sobirjonova Osiyo chempioni! Hisobimizdagi medallar soni 8 taga etdi
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi kuni ortda qoldi.
Quvonarlisi, bugungi kun dasturida taekvondochilarimiz Ozoda Sobirjonova, Yodgorbek Jo'raboev va Nazarali Nazarov terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medallarni taqdim etishdi. Ozoda Sobirjonova o'z vazn toifasida Osiyoning tengsiz taekvondochisiga aylandi. Finalda taekvondo vatani hisoblangan Koreya Respublikasi vakili mag'lub etildi.
Uch kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi hisobidagi umumiy medallar soni 8 taga etdi: 2 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza.
Oltin:
Ozoda Sobirjonova (-67 kg).
Kumush:
Yodgorbek Jo'raboev (-87 kg).
Bronza:
Nazarali Nazarov (-63 kg).





Havola :
Manba : taekwondo.uz
Fikrlar