08 iyu 09:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugun Osiyo chempionatida 6 bokschimiz ringga ko'tariladi, bir juftlikda o'zbek-qozoq qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz!
Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida boks bo'yicha ikki yosh toifasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun qita birinchiligi doirasida U23 yosh toifasidagi terma jamoamiz qizlaridan 6 nafari o'z bahslarini o'tkazadi. Kunduzgi dastur janglari bizning vaqt bilan soat 10:00da boshlanadi.
Juftliklar bilan tanishing:
-48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova - Linda Sari (Indoneziya) 10:45
-51 kg: Gulsevar Ganieva - Xian Baguin (Filippin) 11:15
-54 kg: Uzukjamol Yunusova - Milana SHixshabekova (Qirg'iz Respublikasi) 12:15
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Nurul Izza (Indoneziya) 15:30
-60 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova - Ti Nxung Kuang (Vetnam) 16:45
-65 kg: Sevinch Xurramova - Arujan Jangabaeva (Qozog'iston) 17:30

Havola :
Fikrlar