02 apr 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugun Osiyo chempionatida uch bokschimiz 1/4 final chiptasi uchun ringga chiqadi
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o'tkazilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Bugun qita birinchiligi doirasida 3 nafar bokschimizga muxlislik qilamiz. Bokschilarimiz chorak final yo'llanmasi uchun ringga ko'tarilishadi. Birozdan so'ng bokschilarimizning bugungi yurishini Abdulloh Madaminov boshlab beradi. -65 kg vazndagi charm qo'lqop ustamiz singapurlik Kaylan Klarkni sinovdan o'tkazadi.
Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:
-65 kg: Abdulloh Madaminov - Kaelan Klark (Singapur) soat 09:30
-80 kg: Fazliddin Erkinboev - Sag'in Satibaldi Uulu (Qirg'iz Respublikasi) 11:15
+90 kg: Arman Maxanov - Beknur Xali (Mo'g'uliston) 11:45

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar