So’nggi yangiliklar

11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0

10 iyu 12:29
Yangiliklar

Futbol

Bugun Osiyo Kubogiga saralash o'yinlari bo'lib o'tadi

Bugun Jahon chempionati saralash bosqichining Osiyo mintaqasi uchinchi raund so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tishidan xabaringiz bor.

Bugun shuningdek, Osiyo Kubogi-2027 musobaqasiga ham saralash davom ettiriladi. Malumot uchun, 2027 yilgi Osiyo chempionati Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi va 24ta terma jamoa qatnashadi.

Hozirgi paytga kelib Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoalar: Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Iroq, Eron, O'zbekiston, Qatar, BAA, Yaponiya, Janubiy Koreya, Ummon, Falastin, Bahrayn, Iordaniya, Xitoy, Indoneziya, KXDR, Quvayt, Qirg'iz Respublikasi.

Demak, 24 ta jamoadan 18 tasi Osiyo chempionatiga chiqqan va 6 jamoa keyinroq aniq bo'ladi. OFK mana shu oltita jamoani aniqlab olish uchun alohida musobaqa tashkil etgan bo'lib, o'yinlar 25 mart kuni start olgandi. Bu saralashning eng oxirgi bosqichi hisoblanadi.

Hal qiluvchi raundda jami 24 ta terma jamoa ishtirok etmoqda va jamoalar to'rttadan 6 guruhga bo'lingan. Musobaqa qoidalariga muvofiq faqat guruh g'oliblari Osiyo Kubogi ishtirokchisiga aylanadi. Yani har bir guruhdan bitta jamoa chiqadi. O'yinlar kelasi yil 31 martga qadar davom etadi.

A guruhi. 1-tur. 25 mart
Tojikiston - SHarqiy Timor 1:0
Filippiin - Maldiv 4:1

2-tur. 10 iyun
SHarqiy Timor - Maldiv
Filippin - Tojikiston

B guruhi. 1-tur. 25 mart
Butan - Yaman 0:0
Livan - Bruney 5:0

2-tur. 10 iyun
Bruney - Butan
Yaman - Livan

C guruhi. 1-tur. 25 mart
Singapur - Gonkong 0:0
Hindiston - Bangladesh 0:0

2-tur. 10 iyun
Gonkong - Hindiston
Bangladesh - Singapur

D guruhi. 1-tur. 25 mart
Xitoy Taypeyi - Turkmaniston 1:2
Tailand - SHri Lanka 1:0

2-tur. 10 iyun

SHrin Lanka - Xitoy Taypeyi
Turkmaniston - Tailand

E guruhi. 1-tur. 25 mart
Myanma - Afg'oniston 2:1
Suriya - Pokiston 2:0

2-tur. 10 iyun
Myanma - Pokiston
Afg'oniston - Suriya

F guruhi. 1-tur. 25 mart
Vetnam - Laos 5:0
Malayziya - Nepal 2:0

2-tur. 10 iyun
Laos - Nepal
Malayziya - Vetnam

O'z guruhlarda peshqadamlik qilayotgan jamoalar: Filippin, Livan, Bangladesh, Turkmaniston, Suriya, Vetnam.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing