22 noy 10:02
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun O'zbekiston chempionatida og'ir vaznlilar tatamiga chiqadi
Bugun poytaxtimizdagi "Universal" sport majmuasida dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati yakunlanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 400 nafarga yaqin dzyudochi ishtirok etgan musobaqaning so'nggi kuni og'ir vaznda bellashuvlar o'tkaziladi. Bugun o'g'il bolalar -100 va + 100 kg, qizlar esa -78 hamda +78 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
22 noyabr. Boshlanish vaqti: soat 10:00, final bloki 14:00-16:00
O'g'il bolalar: -100, +100 kg
Qizlar: -78, +78 kg
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar