21 noy 10:14
Yangiliklar

Bugun O'zbekiston chempionatining ikkinchi kuni 6 ta vaznda g'oliblar aniqlanadi
Mamlakat birinchiligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 400 nafarga yaqin dzyudochi ishtirok etmoqda. 2000-2002 yillarda tavallud topgan yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida o'g'il bolalar va qizlar 8 tadan vazn toifasida musobaqa medallari uchun tatamiga chiqishayapti.
Kecha 6 ta vaznda g'olib va sovrindorlar aniqlangan edi. Bugun chempionatning ikkinchi kuni yana 6 ta vaznda bellashuvlar o'tkaziladi. Hozirgina saralash bahslari start oldi. Soat 16:30da O'zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi tashkil etiladi. Soat 17:00dan final bloki bellashuvlari boshlanadi.
21 noyabr. Boshlanish vaqti: soat 10:00.
Ochilish marosimi soat 16:30. Final bloki 17:00-19:00.
O'g'il bolalar: -73, -81, -90 kg
Qizlar: -57, -63, -70 kg
Fikrlar