06 dek 12:22
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun O'zbekiston chempionatining so'nggi kunida og'ir vaznlilar tatamiga chiqmoqda
Poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida dzyudo va paradzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati davom etmoqda.
Bugun mamlakat chempionatining so'nggi uchinchi kuni og'ir vazn toifasida bellashuvlar o'tkazilyapti. Erkaklar o'rtasida -100, +100 kg, ayollarda esa -78, +78 kg vazn toifalarida chempion hamda sovrindorlar aniqlanadi.
6 dekabr ("Universal" sport saroyi)
Erkaklar (dzyudo): -100, +100 kg. Ayollar: -78, +78 kg
Erkaklar (para-dzyudo): -100, +100 kg. Ayollar (para-dzyudo): -70, +70 kg
Bugun soat 16:00da O'zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. SHundan so'ng dzyudo va para-dzyudo bellashuvlarida 4 tadan vazn toifasidagi final bahslariga start beriladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar