So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

11 sen 19:09
Yangiliklar

Dzyudo

Bugun O'zbekistonning eng sovrindor sportchisi Rishod Sobirov tavallud topgan kun!

Bugun O'zbekiston dzyudochi va sporti tarixidan joy olishga muvaffaq bo'lgan, Olimpiya o'yinlarining uch karra bronza medali sovrindori, ikki karra jahon chempioni, Osiyo chempioni, "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi", "O'zbekiston iftihori" fahriy unvoni sohibi, "El-yurt hurmati" ordeni egasi Rishod Sobirov o'z tavallud ayyomini nishonlayapti.

Rishod Rashidovich Sobirov 1986 yilning 11 sentyabrida Buxoro viloyatining Jondor tumani, Burbog'i qishlog'ida tug'ilgan. Dzyudo bilan 11 yoshida Rustam To'raev qo'l ostida shug'ullanishni boshlagan. Xalqaro musobaqalarga Furqat Soliev va Boris Grigorev kabi murabbiylar qo'l ostida tayyorgarlik ko'rgan hamda ishtirok etgan.

Rishod ilk xalqaro miqyosdagi sovrinini 2006 yilda qo'lga kiritgan. O'shanda qahramonimiz Xitoy Taypeyida bo'lib o'tgan yoshar o'rtasidagi Osiyo chempionatida birinchi o'rinni egallagandi. Oradan bir yil o'tib esa u kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida finalgacha etib borgan va ikkinchi o'rin egasiga aylangan.

2008 yilda O'zbekiston chempioniga aylangan sportchi mamlakat terma jamoasi tarkibidan ham joy oladi va Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Pekinda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida 60 kg gacha bo'lgan vazn toifasida u bronza medali sohibiga aylangan.

2010 yilda esa Rishod Sobirov Tokioda bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritadi. Oradan bir yil o'tib, Parijda ushbu muvaffaqiyatini yana takrorlaydi.

2012 yili Londonda bo'lib o'tgan Olimpiadada dzyudochi yarim finalgacha etib borgan. Biroq, yakunda yana bronza medali bilan kifoyalanishga majbur bo'lgan.

2016 yili Braziliyada bo'lib o'tgan Rio Olimpiadasida sportchi yana bronza medalini qo'lga kiritgan va uchta olimpiadada medal qo'lga kiritgan kam sonli dzyudochilardan biriga aylanib oladi.

Professional sportdagi faoliyatini yakunlaganidan so'ng Toshkentda Rishod Sobirovning dzyudo maktabi ochildi. "Dinamo" sport majmuasida faoliyat yuritayotgan dzyudo maktabida yangi Rishod Sobirovlar kamol topmoqda. 

Fursatdan foydalanib, Rishod Sobirovni bugungi unutilmas kun munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.  

Sovrinlari:

Olimpiada: 3 ta bronza

Jahon chempionati: 2 ta oltin, 1 ta bronza

Jahon kubogi/Gran-Pri/Katta Dubulg'a: 10 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza

Osiyo chempionati: 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza

Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati: 1 ta oltin

Buxoro davlat universitetini tamomlagan.

Harbiy xizmatchi

Mukofotlari:

Xalqaro toifadagi sport ustasi (2003)

"O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi" fahriy unvoni (2008)

"O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil" esdalik nishoni sohibi (2011)

"O'zbekiston iftihori" fahriy unvoni sohibi (2012)

"El-yurt hurmati" ordeni sohibi (2016)

Reyting: +1   

Fikrlar

   
12 sen 00:10:53
SHaxrihon
Муборак булсин.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing