04 fev 12:06
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun Parij “Katta dubulg'a” turnirida 4 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Bugin Franciya poytaxti Parij shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi mavsumning ilk musobaqasi start oladi.
Ikki kun davom etadigan musobaqaning ilk kunidan erkaklar o'rtasidagi -60 kg, -66 kg va -73 kg vazn toifasidagi bellashuvlar o'rin olgan. Unda O'zbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili medallar uchun kurash olib boradi.
Hamyurtlarimizning ilk raqiblari:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov – Yam Volshak (Isroil) / Stenley Pervil (Gaiti)
-66 kg: Sardor Nurillaev – Fernand Nikero (Gabon) / Xuan Ernandes (Kolumbiya)
-66 kg: Bobur Vadjiev – Felipe Pelim (Braziliya)
-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev – Anxzaya Lavjargal (Mo'g'uliston) / Turpal Jovkaev (Finlyandiya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar