13 apr 10:57
Yangiliklar

Bugun Polshada yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati boshlanadi
Avvalroq, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ushbu musobaqada ishtirok etish uchun Polshaga yo'l olganliklari haqida xabar berib o'tgandik.
Bahslarda jahonning 52 mamlakatidan 414 nafar bokschi medallar uchun kurash olib boradi. Ular qatorida O'zbekiston yigitlar va qizlar terma jamoalari ham sovrinli o'rinlar uchun ringga ko'tarilishadi. Kecha musobaqaning qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Bugun -56 kg vazn toifasidagi bokschimiz Dilshod Abdumurodov terma jamoamiz azolarining jahon chempionatidagi ishtirokini boshlab beradi. U ilk bosqichda slovakiyalik Lukas Lorincga qarshi jang qiladi.
O'zbekiston boks federaciyasi mazkur jahon chempionatida bokschilarimizga muvaffaqiyatlar tilaydi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 23 aprelga qadar davom etadi.
Fikrlar