05 may 09:49
Yangiliklar
Bugun Qozon "Katta Dubulg'a" turniri boshlanadi
Uch kun davomida dunyoning 5 qitasi 79 davlatidan jami 408 (244 erkak, 164 ayol) nafar dzyudochi 14 ta vazn toifasida medallar hamda Tokio Olimpiadasi yo'lidagi reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Bugun musobaqaning birinchi kuni erkaklar -60, -66 kg, ayollar esa -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida bahslarga kirishishadi.
Qozon "Katta Dubulg'a" turnirida 15 nafar dzyudochimiz yurtimiz sport sharafini himoya qiladi. Bugun SHarofiddin Lutfullaev, Dilshodbek Baratov (ikkalasi -60 kg), Dilshod Yo'ldoshev, Artyom SHturbabin (ikkalasi -66 kg) va Sita Kadambaeva (-52 kg)ga muxlislik qilamiz.
Malumot uchun, kunduzgi dastur bahslari Toshkent vaqti bilan soat 12:00da, medallar uchun kechadigan final bellashuvlari esa soat 19:00da boshlanadi.
Qura natijalari
-52 kg vazn toifasi
Sita Kadambaeva - Alesya Kuznecova (Rossiya)
-60 kg vazn toifasi
SHarofiddin Lutfullaev - Meshal Alali (Quvayt)
Dilshodbek Baratov - Ottar Bestaev (Qirg'iziston)
-66 kg vazn toifasi
Dilshodbek Yo'ldoshev - Aram Grigoryan (Rossiya)
Artyom SHturbabin - Abdulla Abduljalilov (Rossiya)
Fikrlar