08 noy 07:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Sanjar Tursunov AQSHda prof ringdagi ilk jangini o'tkazadi
Bugun (bizning vaqt bilan ertaga tongda) AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahridagi Fantasy Springs Casino arenasida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Biz uchun muhimi, ushbu boks oqshomida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi ringga ko'tariladi. Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori Sanjar Tursunov professional boksdagi debyut jangini o'tkazadi. Rossiyaning “Mir Boksa” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan Tursunovning raqibi meksikalik Migel Kubos bo'ladi.
Malumot uchun, 29 yoshli Kubos faoliyati davomida roppa-rosa 30ta jang o'tkazgan. Bu janglarning 11tasida g'alaba qozongan. Sakkizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Mag'lubiyatlari soni 19ta, 8ta jangda nokaut bo'lgan. Tursunov esa bugun debyut jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar