So’nggi yangiliklar

18:46Президент Шавкат Мирзиеёв Геннадий Головкин билан учрашди + ФОТО 0 16:02Пэдди Пимблеттнинг рафиқаси эрининг соғлиғи ҳақида маълумот берди 0 15:08Арман Царукян: "Мен Гэтжи, Топурия Махачев билан жанг қилади" 0 13:24Ўзбекистон терма жамоаси бугун Хитой билан ўйнайди 0 12:59UFC собиқ чемпиони Шон-шуҳрат залига киритилди 0 12:36Боксчиларимиз RCC Гран-присида қандай натижалар қайд этишди? 0 12:00Тошкентда Осиё Олимпия кенгашига янги президент сайланди 0 11:33Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг 2 нафар футболчиси мавсумни Тошкент клубида бошлайди 0 11:12"Юзингга қара, пасткаш". Гэтжи жангдан кейин Пимблеттга нима деганини айтди 0 10:40Порье Гэтжининг ғалабасига муносабат билдирди 0 10:18Умар Нурмагомедов: "Спарринг шерикларим Фигейредудан кўра қийинроқ бўлганди" 0 09:42Бернарду Силва "Барселона"га ўтмоқчи, аммо каталонияликлар иккиланишмоқда 0 09:15Пимблетт Гэтжи билан жангдаги ҳакамликка муносабат билдирди 0 08:39Australian Open. Даниил Медведев ўз юришини тўхтатди 0 08:12Жастин Гэтжининг UFC'да олган бонуслари миқдори 1 миллион доллардан ошди 0

12 dek 09:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Bugun SHahobiddin Zoirov Rio-2016 Olimpiadasi 1/2 finalidagi raqibiga qarshi ringga chiqadi. Madiyarni rus bokschisi kutib turibdi

Bugun BAAning Dubay shahrida IBA.PRO 13 professional boks turniri bo'lib o'tadi.

Oqshomning asosiy jangi birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni rossiyalik Murat Gassiev hamda superog'ir vaznda chempionlik kamari uchun sobiq davogar bolgariyalik Kubrat Pulev o'rtasida o'tkaziladi. O'n ikki raundlik jang g'olibi WBA Regular kamarini qo'lga kiritadi.  

Biz uchun ahamiyatlisi, IBA.PRO 13 turniri doirasida o'zbekistonlik ikki bokschi ham o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazadi. O'ta engil vazn toifasida 10 raund etib belgilangan jangda Olimpiada chempioni SHahobiddin Zoirov (5-0, 3 KO) venesuelalik Yoel Finol (3-0, 1 KO)ga qarshi ringga chiqadi. Jang IBA.PRO kamari uchun kechadi. Bu ikki bokschi Rio-2016 Olimpiadasi 1/2 finalida o'zaro to'qnash kelishgan va o'shanda charm qo'lqop ustamiz g'alaba qozongan edi. 

Dubaydagi prof boks oqshomi doirasida yana bir hamyurtimiz Madiya Saidrahimov (3-0, 1 KO) ham profesional ringdagi jangini o'tkazadi. Birinchi og'ir vazn toifasidagi bokschimiz 8 raundlik jangda rossiyalik David Dzukaev (11-0, 7 KO) bilan hisob-kitob qiladi. 

Har ikki bokschimiz kecha rasmiy tarozidan o'tish marosimida belgilangan vazn meyorini bajarishdi.  

Turnirning to'liq kardi:

1. Ayollar engil vazn toifasi, 8 raund: Estel Mosseli (Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, 11-0-1, 1 KO, Franciya) – Ellen Simvaka (13-7-2, 8 KO, Malavi);

2. Ikkinchi o'ta engil vazn, 8 raund: Samuel Karmona (13-1, 5 KO, Ispaniya) – Immanuel Jozev (17-4-1, 7 KO, Namibiya);

3. Birinchi og'ir vazn, 8 raund: David Dzukaev (11-0, 7 KO, Rossiya) – Madiyar Saidrahimov (3-0, 1 KO, O'zbekiston);

4. Engil vazn, 10 raund, WBA Intercontinental kamari uchun: Daud Alaev (13-1, 7 KO, Rossiya) – Dodi Boy Pnyalosa (31-7-3, 13 KO, Filippin);

5. Yarim o'rta vazn, 10 raund, WBA Intercontinental kamari uchun: Xuseyn Baysangurov (25-1, 20 KO, Rossiya) – Fayzan Anvar (20-0, 9 KO, Hindiston); 

6. Superog'ir vazn, 8 raund, IBA.PRO Intercontinental kamari uchun: Artyom Suslenkov (13-0, 8 KO, Rossiya) – Stenli Rayt (14-1, 11 KO, AQSH);

7. O'rta vazn, 8 raund: Niko Ali Uolsh (11-2-1, 5 KO, AQSH) – Jeremaya Sservadda (12-4-1, 9 KO, Uganda).

8. Yarim o'rta vazn, 12 raund, IBO chempionlik kamari uchun: Vadim Musaev (13-0, 8 KO, Rossiya) – Tulani Mbenge (22-2, 16 KO, JAR);

9. Birinchi yarim o'rta vazn, 12 raund, WBA kamari uchun Eliminator jangi: Xariton Agrba (16-1, 9 KO, Rossiya) – Ruben Munoz (18-2, 14 KO, Argentina).

10. O'ta engil vazn, 10 raund, IBA.PRO kamari uchun: Yoel Finol (3-0, 1 KO, Venesuela) – SHahobiddin Zoirov (5-0, 3 KO, O'zbekiston). 

11. Engil vazn, 10 raund, WBA kamari uchun Eliminator jangi: Bahodur Usmonov (11-0, 5 KO, Tojikiston) – Maksi Xyuz (29-7-2, 6 KO, Buyuk Britaniya);

12. Superog'ir vazn, 12 raund, WBA Regular kamari uchun: Murat Gassiev (32-2, 25 KO, Rossiya) – Kubrat Pulev (32-3, 14 KO, Bolgariya).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing