09 iyu 11:34
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun SHarofiddin va Farangizga muxlislik qilamiz
Bugun Vengriyaning Budapesht shahrida o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining to'rtinchi kuni.
Bugun erkaklar -81, ayollar esa -63 kg vazn toifasida jahon chempionati medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadilar. O'zbekiston sharafini bugungi bellashuvlarda SHarofiddin Boltaboev va Farangiz Hojieva himoya qiladi.
Qura natijasiga ko'ra, Boltaboev o'z ishtirokini ikkinchi davradan boshlaydi va bu bosqichda qatarlik Halil Rebaxiga qarshi tatamiga chiqadi. Farangiz esa birinchi davrada madagaskarlik Laura Rasoanayvo Razafi bilan bellashadi. G'alaba qozongan taqdirda ikkinchi davrada uni koreyalik Xi Ju Xanga qarshi bahs olib boradi. Bugungi bahslar ham Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar