20 jan 13:29
Yangiliklar
Dzyudo
SHarofiddin Lutfullaev BAA terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Jahon chempionatining kumush medali sovrindori murabbiylik faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradi.
Lutfullaev BAA o'smirlar (U18) va yoshlar (U21) terma jamoalari bosh murabbiyi etib tayinlandi. SHu kungacha surxondaryolik dzyudochimiz O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelayotgandi.
Malumot uchun, Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi bo'lgan SHarofiddin Lutfullaev 2019 yil kattalar o'rtasida jahon chempionatining kumush, 2015 yilda esa Osiyo chempionatining bronza medalini qo'lga kiritgandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar