18 mar 14:20
        Yangiliklar	
	
				
				    Stol tennisi			    
				 
				
			 
				Bugun stol tennischilarimiz licenzion musobaqada ishtiroklarini boshlashadi
Bugun Qatarning Doxa shahrida stol tennisi bo'yicha Osiyo qitasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi licenzion musobaqa start olmoqda. 
			Ushbu turnirda 4 nafar sportchimiz (Zohid Kenjaev, Elmurod Xoliqov, Rimma Gufranova, Marhabo Magdieva) Olimpiada yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.
Reglamentga ko'ra, har bir mintaqada birinchi o'rinni olgan stol tennischilar Olimpiada yo'llanmasiga ega bo'lishadi. Markaziy Osiyo mintaqasi uchun o'tuvchi bellashuvlarda vakillarimizga Qozog'iston, Eron va qirg'izistonlik sportchilar raqiblik qilishadi. 18-19 mart kunlari saralash bellashuvlari o'tkazilsa, 20 mart sanasida musobaqa g'olibi va Tokio-2020 Olimpiadasining ishtirokchilari malum bo'ladi.

            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar