26 fev 09:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun "Stranja" turnirida ikki bokschimiz o'z janglarini o'tkazadi
SHu kunlarda Bolgariya poytaxti Sofiya shahri boks bo'yicha ananaviy "Stranja" turniriga mezbonlik qilmoqda.
Kichik jahon chempionatiga tenglashtiriladigan ushbu musobaqaning bugun uchinchi kungi janglari tashkil etiladi. Bugungi kun dasturida ikki bokschimizga muxlislik qilamiz. Janglar bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi.
Dastlab, -54 kg vazn toifasidagi bokschimiz SHahzod Muzaffarov irlandiyalik Joyse Patsiga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang A ringida taxminan soat 18:30da start oladi. Keyin esa eng og'ir vazndagi charm qo'lqop ustamiz Jahongir Zokirov bolgariyalik Georgi Georgiev bilan hisob-kitob qilib oladi. Bu jang A ringida soat 19:45da boshlanadi. Zokirov kecha ilk bosqichda ozarbayjonlik Mahammad Abdullaevni 4:1 hisobida taslim etgandi.
Havola :
Fikrlar