22 mar 06:52
Yangiliklar
Bugun Tbilisi "Katta Dubulg'a" turniri start oladi
Dunyoning 5 qitasi 83 davlatidan jami 531 (296 erkak, 235 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etadigan ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib borishadi.
Bugun erkaklar -60, -66 kg, ayollar -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishadi. Bugun engil vazn toifasida o'tkaziladigan bellashuvlarda 6 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
-48 kg: Halimajon Qurbonova - Jon Su Song (KXDR)
-52 kg: Sita Kadambaeva - Ahliya Mo'minova (Tojikiston)
-52 kg: Gulhayo Jo'raeva - Juliya Dit Morey (Franciya)
-57 kg: SHukurjon Aminova - Yuliya Kovaljik (Polsha)
-60 kg: Doston Ro'ziev - Richard Vergnes (Franciya)
-66 kg: Sardor Nurillaev - Davut Toktay (Turkiya)
Fikrlar