So’nggi yangiliklar

17:11Тошкентда гандбол бўйича Осиё чемпионати бошланмоқда 0 16:50Хабиб "Йил мураббийи" бўлиши мумкин 0 16:29"Яхши учрашув бўлди" — Нурсултон Рўзибоев менежери билан кўришди 0 16:08Пеп Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди 0 15:47Дю Плессининг мураббийи: "Реваншда Хамзат Чимаевни йўқ қилиб ташлашни истайман" 0 15:26Диёра Келдиёрова: "Ҳаётдаги энг катта икки ютуғим шу битта суратда" 0 15:05Махачев спарринг шеригини нокаутга учратгани акс этган видео тарқалди (ВИДЕО) 0 14:44Суперлига. Бугун иккита ўйин билан 20-тур бошланади 0 14:23Ҳафта якунида ўтказиладиган UFC Fight Night 257 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 14:02Боксчиларимиз Отабек Холматов ва Ботир Аҳмедов Маккада + ФОТО 0 13:41Хамзат Чимаев бу йил бошқа жанг ўтказмайди 0 13:20Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди 0 12:59Бразилиядаги UFC турнирида яна бир қизиқарли жанг гувоҳи бўламиз 0 12:38"Дю Плесси ниҳоят ёш ва чанқоқ жангчига қарши чиқди – натижани эса кўриб турибсиз" - UFC жангчиси 0 12:17Бокс бўйича амалдаги Украина чемпиони допинг сабаб 10 йилга четлатилди 0

24 mar 06:32
Yangiliklar

Dzyudo

Bugun Tbilisi "Katta Dubulg'a"da og'ir vaznli dzyudochilarimizga muxlislik qilamiz, ular orasida Davlat Bobonov ham bor!

Bugun Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirning so'nggi uchinchi kungi bellashuvlari o'tkaziladi.

Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib borishyapti. 

Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra terma jamoamiz 2 ta kumush medal bilan 83 davlat orasida umumjamoa hisobida 7-o'rinni egallab turibdi. Musobaqaning birinchi kuni Sardor Nurillaev (-66 kg), kecha esa SHarofiddin Boltaboev (-81 kg) terma jamoamizga kumush medalni taqdim etgandi. 

Bugun erkaklar -90, -100, +100 kg, ayollar esa -78 va +78 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishadi. Bugun og'ir vazn toifasida o'tkaziladigan bellashuvlarda 7 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz. Ular orasida jahon chempioni, Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Davlat Bobonov ham bor.  


Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:

-78 kg: Irisxon Qurbonboeva - Natali Pauell (Buyuk Britaniya)

+78 kg: Rinata Ilmatova - Akmarjan Turdajieva (Qirg'iz Respublikasi)

-90 kg: Davlat Bobonov - Robert Florentino (Dominikan Respublikasi)

-100 kg: Ernazar Sarsenbaev - Mantas Klimasauskas (Litva)

-100 kg: Rustam SHorahmatov - Leonardo Gonsalvesh (Braziliya) 

+100 kg: O'tkirbek To'raboev - Anto Dubreta (CHernogoriya)

+100 kg: SHohruhxon Baxtiyorov - Jamal Gamzatxanov (Ozarbayjon)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing