17 fev 08:57
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turnirida 3 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Bugun Isroilning Tel-Aviv shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 154 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir start oladi.
"SHlomo Arena"da o'tuvchi musobaqada 34 davlatdan jami 298 (165 erkak, 133 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda reyting ochkolari uchun bellashadi. Bugun ayollar -48, -52, -57 kg, erkaklar esa -60 va -66 kg vazn toifalarida medallar yo'lida tatamiga chiqadilar. Bugungi bahslarda yurtimiz sharafini uch nafar dzyudochimiz himoya qiladi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
-52 kg: Diyora Keldiyorova - Saltanat Sultanbekova (Qozog'iston)
-60 kg: Mirzohid Muhammadjonov - Irakli Kupatadze (Gruziya)
-66 kg: Bobur Vadjiev - Yarin Menaged (Isroil)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar