So’nggi yangiliklar

17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0

13 noy 08:26
Yangiliklar

Boks/MMA

Bugun Toshkentda WBC tashkilotining 61-Konvenciyasi o'z ishini boshlaydi

Xabaringiz bor, Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning bu yilgi konvenciyasiga poytaxtimiz mezbonlik qilmoqda.

Yil yakunlanib borar ekan, barcha soha va yo'nalishlarda bo'lgani kabi WBC tashkiloti ham o'zining yillik faoliyati sarhisobi hamda rejalarini muhokama qiladi. O'tgan yili tashkilotning 60-Konvenciyasi Meksikada o'tkazilgan va aynan o'sha tadbirda navbatdagi Konvenciya mezbonligi Toshkent shahriga ishonib topshirilgandi. 

Yilning eng muhim boks tadbirida qatnashish uchun yurtimizga yuzdan ziyod mamlakatdan delegatlar keldi. O'zbekistonda WBC tashkil etilganligining 60 yilligi ham nishonlanadi. SHu kungacha Konvenciya Meksikadan tashqari AQSH, Evropa mamlakatlarida tashkil etilgan. MDH mamlakatlari orasida Boku (Ozarbayjon) va Moskva (Rossiya) shaharlari ham ushbu tadbirga mezbonlik qilgan. Osiyo davlatlari orasida Tailand, Yaponiya ham WBC konvenciyasini qabul qilgan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida biz birinchi bo'lyapmiz. 

WBC 61-konvenciyasi kun tartibidan talim, doping, hakamlik, xalqaro munosabatlar, boks qoidalari, reytinglar, chempionlik kamarlari, xayriya va jamoat tashabbuslari kabi bir nechta masalalar bo'yicha yig'ishlar o'tkazilishi o'rin olgan. Bugun soat 10:00da poytaxtmizdagi "Hilton" mehmonxonasida Konvenciya o'z ishini boshlaydi. Tadbir yakunlanishi bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani ham o'tkaziladi. 

SHuningdek, yurtimizga kelgan mehmonlar qadim va hamisha navqiron Samarqand shahrida ham bo'lishadi. Yulduzli mehmonlar yosh bokschilarga o'z mahorat saboqlarini ulashishadi. 17 noyabr kuni muhtasham "Humo Arena"da katta professional boks kechasi bo'lib o'tadi. Ushbu turnir O'zbekistonning LIFT promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilyapti. Oqshomning markaziy jangi superog'ir vaznda o'tkazilib, unda hamyurtimiz Bahodir Jalolov JAR vakili Kris Tompsonga qarshi ringga ko'tariladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing