01 apr 08:05
Yangiliklar
Bugun uch dzyudochimiz Grand-Slam Antalya 2021 turnirida tatamiga chiqadi
Nufuzli musobaqada sayyoramizning 5 qitasi 93 davlatidan kelgan jami 442 (270 erkak, 172 ayol) nafar dzyudochi medallar bilan birga Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli hisoblangan reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Antaliya tatamilarida yurtimiz sharafini 7 nafar dzyudochimiz himoya qiladi.
Bugungi bahslarda Kemran Nurillaev va Muhriddin Tilovov o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi. Tbilisi "Katta Dubulg'a" turnirining kumush medali sovrindori Kemran Nurillaev ikkinchi davrada ekvadorlik Lenin Presiado, Muhriddin Tilovov birinchi bosqichda rossiyalik Beslan Mudranov, Diyora Keldiyorova esa ikkinchi davrada Tinka Iston (Avstraliya) - Imen Ben Younes (Tunis) juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.
-52 kg vazn toifasi
Diyora Keldiyorova - Tinka Iston (Avstraliya)/Imen Ben Younes (Tunis)
-60 kg vazn toifasi
Kemran Nurillaev - Lenin Presiado (Ekvador) ikkinchi davra
-66 kg vazn toifasi
Muhriddin Tilovov - Beslan Mudranov (Rossiya) birinchi davra
Fikrlar