So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

11 may 08:14
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bugun uch nafar erkin kurashchimiz Parij-2024 Olimpiadasi licenziyasi uchun kurashga kirishadi

Turkiyaning Istanbul shahrida sport kurashlari bo'yicha Parij-2024 Olimpiadasi uchun so'nggi licenzion turnir bo'lib o'tmoqda.

Jahon licenzion turnirida har uchchala yo'nalish bo'yicha terma jamoalarimiz yo'llanmalar uchun bahs olib borayotgani haqida xabar bergan edik. Afsuski, yunon-rum kurashchilarimizning har ikkisi (Mahmud Baxshilloev va Jalgasbay Berdimuratov) bu imkoniyatdan foydalana olmadi. 

Ayollar kurashidagi uch nafar vakilamizdan ikkisida (Layloxon Sobirova, SHohida Ahmedova) Olimpiada chiptasi uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Ular bugun Parij-2024 licenziyasi uchun kurashni pley-off bosqichida davom ettirishadi. 

SHuningdek, bugundan erkin kurash musobaqasiga ham start beriladi. Olimpiada licenziyasi uchun 3 nafar erkin kurashchilarimiz bahslarga kirishishadi. Ular Bishkekdagi Osiyo licenzion turnirida bu imkoniyatdan foydalana olmagan edilar. 

-65 kg vazn toifasida yoshlar o'rtasidagi barcha musobaqalarda g'olib bo'lishga muvaffaq bo'lgan Umidjon Jalolov, -97 kg vaznda eng tajribali kurashchimiz, Rio-2016 Olimpiadasi bronza medali sovrindori 39 yoshli Magomed Ibragimov hamda -125 kg vaznda Hasanboy Rahimov Istanbul gilamlarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.    


Erkin kurashchilarimiz uchun qura natijalari:

-65 kg: 1/16 final. Umidjon Jalolov - Sujit Sujit (Hindiston)

-97 kg: Kvalilifkaciya raundi. Magomed Ibragimov - Adlan Visxanov (Franciya)

-125 kg: Kvalilifkaciya raundi. Hasanboy Rahimov - Paris Karepi (Albaniya) 


Licenziyani qo'lga kiritgan erkin kurashchilarimiz:

-57 kg: G'ulomjon Abdullaev

-74 kg: Bekzod Abdurahmonov

-86 kg: Javrail SHapiev

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing