14 may 09:32
Yangiliklar
Bugun uch para dzyudochimiz tatamiga chiqadi
Dunyoning 35 davlatidan 212 nafar para dzyudochi ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham yurtimiz sharafini himoya qilishyapti.
Bugun ikkinchi kungi bahslarda to'rt nafar dzyudochimiz o'z mahoratini namoyish etadi. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda SHarif Halilov va SHirin SHaripov, ayollar bellashuvlarida esa Nafisa SHeripboeva hamda Vasila Aliboeva medallar uchun tatamiga chiqishadi.
Dzyudochilarimizning raqiblari:
-63 kg: Nafisa SHeripboeva - Hanim Huseynova (Ozarbayjon)
-70 kg: Vasila Aliboeva - Luchiya Breshkovich (Xorvatiya)
-100 kg: SHarif Halilov - Kanan Abdullaxanli (Ozarbayjon)
+100 kg: SHirin SHaripov - Hamza Harkat (Marokash) / Teoklitos Papachritos (Greciya)
Fikrlar